Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qilishicha, vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib, elchini mazkur tayinlov bilan tabrikladi va unga Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda muvaffaqiyatlar tiladi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlining Oʻzbekistonga boʻlajak tashrifini tashkil etish boʻyicha fikr almashildi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga eʼtibor qaratgan holda Oʻzbekiston-Turkiya kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar doirasida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.

Olgan Bekar mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlagan Turkiya elchisi Mehmet Sureyya Er oʻrnini egalladi.