«Vatikanning Oʻzbekistondagi Apostol Nunsiysi, arxiyepiskop Jovanni dʼAniyello janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram-kanalida. – Mamlakatimiz azaldan barcha millat va eʼtiqod vakillari tinch-totuv va farovon sharoitda yelkama-yelka istiqomat qilayotgan konfessiyalararo hamjihatlik maskani boʻlib kelgan«.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Vatikan oʻrtasida 1992-yil 17-oktyabrda diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan.