Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirini Belarus Prezidenti qabul qildi

    Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko qabul qildi.

    Bu haqda Tashqi ishlar vaziri oʻzining telegramdagi rasmiy sahifasida maʼlum qildi.

    “Belarus rahbariga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomlarini yetkazdik. Doʻstlik va oʻzaro hurmatga asoslangan hamkorligimiz kun tartibining barcha jabhalarida jadal rivojlanib bormoqda. Oʻzbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirliklari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi”. deya xabar beradi Baxtiyor Saidov.

    Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasida tashrif bilan boʻlib turibdi.

    Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar, shuningdek, MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishi va “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etish rejalashtirilgan.