Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi tinch aholi orasida koʻplab insonlarning qurbon boʻlishi va jarohatlanishiga sabab boʻlgan mazkur terrorchilik harakatini qatʼiy qoralab chiqdi.

«Bu kabi qabih harakatlar Afgʻonistondagi vaziyatning keskinlashishiga olib kelishi barobarida, mamlakatda uzoq muddatli va barqaror tinchlik hamda milliy totuvlikning oʻrnatilishiga toʻsqinlik qiladi.

Halok boʻlganlarining oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sogʻayib ketishini tilaymiz», deyiladi vazirlik bayonotida.