Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Gʻazodagi kasalxonaga qilingan hujumni keskin qoralab chiqdi

    Dolzarb 18 Oktabr 2023 1147

    Gʻazo sektoridagi “Al-Ahli” kasalxonasiga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani haqidagi xabarni chuqur qaygʻu bilan qabul qildik.

    Bu dahshatli zoʻravonlik harakatini keskin qoralaymiz va buni xalqaro gumanitar huquqning qoʻpol buzilishi, deb hisoblaymiz.

    Vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan holda, mojaro tomonlarini zudlik bilan harbiy harakatlarni toʻxtatishga hamda oʻt ochishdan tiyilishga chaqiramiz.