O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi muhim bayonot bilan chiqdi

    Xalqaro hamkorlik 28 Yanvar 2023 1234

    Ozarbayjon Respublikasining Tehrondagi elchixonasiga uyushtirilgan qurolli hujum yuzasidan O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot bilan chiqdi.

    O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2023 yil 27 yanvar` kuni Ozarbayjon Respublikasining Tehrondagi elchixonasiga uyushtirilgan qurolli hujumni keskin qoralaydi.

    Marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarning tez fursatlarda sog'ayib ketishini tilaymiz.

    Umid qilamizki, ushbu hodisa sinchkovlik bilan o'rganilgach, barcha aybdorlar javobgarlikka tortiladi.