Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Rossiyaning SHimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridagi hamyurtlarimizni olib kelish uchun «Toshkent—Rostov-Don—Toshkent» yo'nalishi bo'yicha temir yo'l reysni tashkillashtirish to'g'risida qaror qabul qilindi. Mazkur masala tashqi ishlar vazirligi tomonidan Transport vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va Respublika maxsus komissiyasiga kiritilgan.
O'zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko'ra, 10 avgust mahalliy vaqt bilan soat 13.20 da 918 nafar yurtdoshlarimiz bilan poezd «Pervomayskaya» stantsiyasidan O'zbekistonga jo'nadi.
Vatanimizga qaytib kelganidan so'ng O'zbekiston fuqarolari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat'iy rioya qilgan holda karantinda bo'lishlari shartligini eslatib o'tamiz.
Hozirda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O'zbekiston fuqarolarini Vatanimizga tezroq qaytarish uchun Rossiyaning turli hududlaridan reyslarni ko'paytirish, reyslar, jumladan, temir yo'l reyslarining yo'nalishi va turlarini kengaytirish masalasi ko'rib chiqilmoqda.