“Dunyo” AA ning xabar berishicha, Oʻzbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi lavozimida ishlagan Baxtiyor Ibragimov vazirlik Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimiga tayinlandi.
Davlat protokoli boshqarmasi boʻlim boshligʻi boʻlib ishlab kelayotgan Sarvar Mirzarahimov mazkur boshqarma boshligʻi v.b. lavozimiga tasdiqlandi.
Tashqi ishlar vazirligi Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi bosh mutaxassisi Umid Akromov Iqtisodiy taʼminot boʻlimi boshligʻi v.b. lavozimiga tayinlandi.