Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 57,3 mlrd AQSH dollariga yetgan.

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar (AQSH dollarida):

— Xitoy – 12,2 mlrd

— Rossiya – 8,8 mlrd

— Qozogʻiston – 4 mlrd

— Turkiya – 2,8 mlrd

— Koreya – 2,1 mlrd

— Turkmaniston – 970 mln

— Germaniya – 962 mln

— Qirgʻiz R. – 878 mln

— Fransiya – 832 mln

— Afgʻoniston – 784 mln.