Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar oyida Oʼzbekiston 26 ta xorijiy davlatlarga qiymati 72,3 mln AQSh dollariga teng boʼlgan tayyor toʼqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

Tayyor toʼqimachilik mahsulotlari eksporti hajmi oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 16,2 mln АQSh dollariga oshgan.

Yanvar oyida Oʼzbekiston tayyor toʼqimachilik mahsulotlarini eng koʼp eksport qilgan davlatlar:

– Rossiya – 39,4 million
– Qirgʼiz R. – 24,1 million
– Qozogʼiston – 3,1 million
– Ukraina – 1,2 million
– Germaniya – 828 ming
– Tojikiston – 725 ming АQSH dollari

Yanvarь oyida tayyor toʼqimachilik mahsulotlarini eng koʼp eksport qilgan hududlar:
 
– Аndijon viloyati – 21,9 million
– Namangan viloyati – 14,1 million
– Toshkent viloyati – 11,7 million
– Toshkent shahri – 8 million
– Fargʼona viloyati – 4,6 mln АQSH dollari