Bu haqda Oʻzkomnazorat maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, shu yilning 3-24-fevral kunlari har bir hududda navbatma-navbat davlat, nodavlat va xorijiy telekanallarda uzatiladigan raqamli teleuzatkichlarda jadval asosida profilaktika ishlari oʻtkaziladi.

Profilaktika ishlari oʻtkazilayotgan vaqtda abonent uskunasi sozlamalarini oʻzgartirish tavsiya etilmaydi.

Maʼlumot uchun, mamlakat aholisiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini taʼminlash maqsadida “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” MCHJ texnik qurilmalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda profilaktika ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi.