Shulardan umumfoydalanadigan temir yoʻllarning uzunligi 4 732,8 kilometrni tashkil etmoqda (umumfoydalanadigan temir yoʻllarning ulushi 77,4 %ga teng), deb xabar beradi Davlat statistika qoʻmitasi Axborot xizmati.
Hududlar kesimida umumfoydalanadigan temir yoʻllarni eng katta qismi Toshkent viloyati (941,2 kilometr yoki temir yoʻllarning 15,4 %), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (925,2 kilometr yoki 15,2 %) hamda Navoiy viloyati (862,6 kilometr yoki 14,1 %) hududiga toʻgʻri keladi.
Maʼlumot uchun: Rossiya Federatsiyasida ushbu koʻrsatkich 124,0 ming km, Qozogʻistonda 16,0 ming km, Belarusda 5,5 ming km, Turkmanistonda 3,6 ming km hamda Qirgʻizistonda 0,5 ming kmni tashkil etadi.









