Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari shohsupaga koʻtarila olmadi

    Sport 26 Avgust 2024 103

    Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi.

    Afsuski, unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari shohsupaga koʻtarila olishmadi. Biroq hamyurtlarimiz oʻzlari uchun ulkan tajriba orttirishdi.

    Dunyo birinchiligi 5000 metr masofadagi 4 ta dastur bilan nihoyasiga yetdi. Unda kanoechimiz Nurislom Toʻxtasin oʻgʻli shohsupaga koʻtarilishga juda yaqin keldi. Biroq u yakunda marra chizigʻini toʻrtinchi boʻlib kesib oʻtdi.

    Ayollar oʻrtasidagi poygada Dilnoza Rahmatova oʻninchi natijani qayd etdi. Xuddi shu masofada baydarkachilar oʻrtasidagi bellashuvda Yaroslav Slavgorodskiy oʻn uchinchi koʻrsatkichga ega boʻldi. Ayollar bahsida Shahrizoda Mavlonova finishga yetib kela olmadi.