Osiyo kubogida ishtirok etadigan termalar orasida eng qimmat tarkibga ega jamoa — Yaponiya hisoblanadi. Osiyo kubogining to'rt karra chempionlarining umumiy narxi 316,95 million evroga baholanmoqda. Undan keyingi o'rindan Koreya Respublikasi (193 million evro) va Eron (51.58 million evro) joy olgan.

 

O'zbekiston terma jamoasining umumiy narxi esa taxminan 26.15 million evroga baholangan. Bu summaga terma jamoamizning sardori Eldor Shomurodov joy olmagan. Eldorning transfer marketdagi narxi 5 million evroga baholangan.

Narxlar www.transfermarkt.world saytidan olindi.

Osiyo kubogidagi terma jamoalarining narxlari bilan tanishing:

Yaponiya — 316, 95 million evro

Koreya Respublikasi — 193 million evro

Eron — 51,58 million evro

Avstraliya — 40,90 million evro

BAA — 32,05 million evro

O'zbekiston — 26,15 million evro

Saudiya Arabistoni — 23,30 million evro

Suriya — 16,53 million evro

Qatar — 15,90 million evro

Iordaniya — 13,13 million evro

Iroq — 11,63 million evro

Xitoy — 11,33 million evro

Bahrayn — 9,68

Tailand — 8,93 million evro

Indoneziya — 8.7- million evro

O'mon — 7,50 million evro

Livan — 7,43 million evro

Tojikiston — 7,33 million evro

Malayziya — 6,73 million evro

Hindiston — 6,53 million evro

Falastin — 6,50 million evro

Vetnam — 6,33 million evro

Qirg'iz Respublikasi — 6,25 million evro

Gonkong — 5,95 million evro.