Oʻzbekiston terma jamoasi Hindistonga qarshi muhim bahsda maydonga tushadi

    Sport 18 Yanvar 2024 635

    Qatar poytaxti Doxada oʻtayotgan futbol boʻyicha Osiyo kubogida ikkinchi tur uchrashuvlari boʻlib oʻtmoqda.

    Eʼtiborlisi, bugun Oʻzbekiston milliy terma jamoasi turnirdagi ikkinchi bahsini oʻtkazadi. “B” guruhidan oʻrin olgan Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu turda Hindiston bilan kuch sinashadi.

    Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi. Oʻyin oʻz bagʻriga 45 mingdan ziyod muxlisni sigʻdira oladigan “Ahmad bin Ali” stadionida oʻtkaziladi. Mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston futbolchilari toʻliq oq, darvozabon esa qora libosda harakatlanadi.

    Ushbu bahsni xitoylik Fu Ming bosh hakam sifatida boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Jou Fey hamda Jang Cheng yordam beradi.

    “B” guruhidan oʻrin olgan ikkinchi juftlik Avstraliya va Suriya jamoalari bahsi esa soat 16:30 da belgilangan.

    Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo kubogining birinchi turida Suriya bilan durang oʻynadi. Hindiston esa Avstraliyaga magʻlub boʻlgan.