“С” guruh doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi Indoneziyani magʻlub etib, muddatidan avval chorakfinalga yoʻl oldi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida Muhammadali Oʻrinboyev hisobni ochgan boʻlsa oradan 2 daqiqa oʻtib Raven hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi boʻlim boshida Abdugʻofur Haydarov jamoamizga yana bir gol olib keldi. 63-daqiqaga kelib esa Saidumarxon Saidnurullayev oradagi farqni ikkitaga oshirdi.
Yakuniy natija: Indoneziya 1:3 Oʻzbekiston
Eslatib oʻtamiz, Farhod Nishonov shogirdlari ilk turda Yamanni 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgandi.
3 turda Oʻzbekiston terma jamoasi 19-fevral kuni Eronga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Shenchjendagi “Yoshlar futbol bazasi markaziy stadioni“da soat 16:30 da boʻlib oʻtadi.









