Oʻzbekiston terma jamoasi “Stranja” turnirini birinchi oʻrinda yakunladi

    Sport 12 Fevral 2024 1204

    Rahmatjon Roʻziohunov murabbiyligida qatnashgan bokschilarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

    Bolgariyaning Sofiya shahrida boks boʻyicha anʼanaviy “Stranja” turniri oʻz yakuniga yetdi. Bu galgi bahslarda dunyoning 28 mamlakatidan 261 nafar charm qoʻlqop ustalari oʻz mahoratlarini namoyish qilishdi.

    Quvonarlisi, “kichik jahon chempionati” nomini olgan mazkur musobaqa bu yil ham yurtdoshlarimizning gʻalabalari bilan yakunlandi.

    Yigitlarimiz qatorasiga toʻrtinchi yil umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

    Rahmatjon Roʻziohunov murabbiyligida qatnashgan bokschilarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

    Shuningdek, qizlarimizdan Sabina Boboqulova -50 kg vazn toifasida oltin, Hamrobonu Mamajonova esa -57 kg vaznda bronza medaliga sazovor boʻldi.

    Shu tariqa, Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasining jamgʻargan jami medallari 6 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronzani tashkil etdi.

    Gʻolib va sovrindorlarni eslab oʻtamiz:

    Oltin medal:
    -50 kg: Sabina Boboqulova
    -54 kg: Xoʻjanazar Nortojiyev
    -60 kg: Abdumalik Xalokov
    -71 kg: Iqboljon Xoldorov
    -75 kg: Javohir Ummataliyev
    +92 kg: Jahongir Zokirov

    Kumush medal:
    -54 kg: Shahzod Muzaffarov
    -63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov

    Bronza medal:
    -57 kg: Hamrobonu Mamajonova
    -51 kg: Asilbek Jalilov
    -54 kg: Hasanboy Doʻsmatov
    -60 kg: Dilshod Abdumurodov
    -75 kg: Fazliddin Erkinboyev
    -86 kg: Samandar Jalolov

    Bolgariyaning Sofiya shahrida boks boʻyicha nufuzli “Stranja” xalqaro turnirida Oʻzbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.