Oʻzbekiston terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibi aniq boʻldi

    Sport 28 Aprel 2023 1574

    30-aprel - 14-may kunlari Toshkent shahri ilk bor kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

    Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan bokschilar nomini aniqlab oldi.

    Unga koʻra, oʻz yurtimizda oʻtkaziladigan jahon birinchiligida quyidagi bokschilar ishtirok etishadi:

    -48 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev
    -51 kg: Hasanboy Doʻsmatov
    -54 kg: Oybek Joʻrayev
    -57 kg: Abdumalik Xalokov
    -60 kg: Mujibillo Tursunov
    -63,5 kg: Ruslan Abdullayev
    -67 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev
    -71 kg: Saidjamshid Jafarov
    -75 kg: Aʼloxon Abdullayev
    -80 kg: Jasurbek Yoʻldoshev
    -86 kg: Shohjahon Abdullayev
    -92 kg Lazizbek Mullojonov
    +92 kg: Bahodir Jalolov