Oʻzbekiston TIV rahbari Germaniya Elchisini qabul qildi

    Xalqaro hamkorlik 13 Yanvar 2023 1114

    Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov 2023-yil 12-yanvarda Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Tilo Klinner bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Unda Oʻzbekiston-Germaniya munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama etildi.

    Oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqot ijobiy surʼatlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Tomonlar ikki va koʻp tomonlama shakllarda rejalashtirilgan tadbirlarning tashkiliy va mazmunli jihatlari yuzasidan fikr almashdilar.

    Oʻzbekiston va Germaniya savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini diversifikatsiya qilish va qoʻshma korxonalar sonini koʻpaytirishdan manfaatdor ekani taʼkidlandi.

    Madaniyat, taʼlim va fan sohalarida Oʻzbekiston-Germaniya hamkorligini kengaytirish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.