Uchrashuvda Oʻzbekiston – Kuvayt munosabatlarini yanada mustahkamlash, jumladan, yuqori darajadagi aloqalarni faollashtirish, oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda madaniy-gumanitar almashinuvni rivojlantirish masalalarini muhokama qilindi.
Islom dunyosida birlik va taraqqiyotni qaror toptirishdagi Kuvaytning oʻrnini qadrlaymiz. Koʻrsatilgan samimiy mehmondoʻstlik uchun minnatdorchilik bildiramiz va bugungi kelishuvlarimizni ikki mamlakat xalqlari manfaatiga xizmat qiladigan aniq natijalar bilan toʻldiramiz, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.








