«Ipak yoʻli jamgʻarmasi direktorlar kengashi raisi Szyun Chju xonimga samimiy qabul va Oʻzbekistonda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga faol qiziqish bildirgani uchun oʻz minnatdorligimizni bildiramiz, - deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida.
— Darhaqiqat, koʻproq sayyohlik yoʻnalishlari yaratish, “yashil” energiya ishlab chiqarishni kengaytirish, yanada yaxshi infratuzilmani barpo etish va boshqa koʻplab yoʻnalishlar nafaqat mamlakatimiz ravnaqiga xizmat qiladi, balki bir-biriga bogʻlovchi koʻprik sifatida ulkan mintaqaga ham foyda keltiradi».
2014-yilda tashkil etilgan Ipak yoʻli investitsiya jamgʻarmasi Xitoyning “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida infratuzilma loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydi va savdo hamkorligiga koʻmaklashadi. Ayni paytda ushbu jamgʻarma mamlakatimizda yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishda Oʻzbekiston tomoni bilan faol hamkorlik qilmoqda.