Uchrashuv Eronning marhum Prezidenti Ibrohim Raisiy va Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon xotirasiga sukut saqlash bilan boshlandi.
Vazir Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynikni Belarus Respublikasining ShHT oilasiga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shilishi bo‘yicha barcha tartib-taomillar muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi.
Uchrashuvda tomonlar bo‘lajak sammitga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ShHT doirasidagi hamkorlikning ustuvor jihatlari va sohalar bo‘yicha qator dolzarb masalalarni ko‘rib chiqishdi.
Xususan, iqtisodiy hamkorlik, xavfsizlik, transport-logistika, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlar yuzasidan ochiq va konstruktiv fikr almashildi.
O‘zbekiston ShHTning mintaqaviy va global miqyosdagi rolini yanada mustahkamlash, uning ulkan salohiyatidan samarali foydalanish, ayniqsa, Tashkilotni kengaytirish tarafdori ekanligi ta'kidlandi.