Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasidagi koʻp qirrali strategik sheriklik kun tartibi yanada boyib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Uchrashuvda ikki va koʻp tomonlama hamkorlik, qator sohalardagi aloqalarni yanada faollashtirish yoʻllari muhokama etildi.
Muzokaralar yakunida vazirlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Vengriya Hukumati oʻrtasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Anglashuv memorandumi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi oʻrtasida 2024-2026-yillarga moʻljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.