Oʻzbekiston Tojikistonda qurgan maktab ochildi. Maktab 630 oʻquvchiga moʻljallangan

    Ta'lim 27 Sentabr 2020 6706

    Unda Oʻzbekiston xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov, Tojikiston taʼlim sohasi mutasaddilari, oʻqituvchi va oʻquvchilar, OAV hamda jamoatchichilik qatnashdi.

    Oʻzbekiston Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasida ikki tomonli hamkorlikni yana-da kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga binoan, Tojikiston Respublikasi Soʻgʻd viloyati Spitamen tumanida 630 oʻringa moʻljallangan umumtaʼlim maktabi Oʻzbekiston tomonidan begʻaraz qurildi va jihozlab berildi.

    Maktab oʻquv jarayonlarini samarali tashkillashtirish, fizika, ximiya, astronomiya, biologiya va chizmachilik fanlari boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish, oʻgʻil bolalarni metall va yogʻochga ishlov berish, qizlarni esa uy-roʻzgʻor ishlari, pazandachilik, qoʻl-hunar va chevarchilik sanʼatini oʻrgatish koʻzda tutilgan maxsus loyiha asosida qurildi.

    Bugun ushbu maktabning ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov, Tojikiston taʼlim sohasi mutasaddilari, oʻqituvchi va oʻquvchilar, OAV hamda jamoatchichilik qatnashdi.

    Unda Oʻzbekiston xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov, Tojikiston taʼlim sohasi mutasaddilari, oʻqituvchi va oʻquvchilar, OAV hamda jamoatchichilik qatnashdi.