O‘zbekiston Tojikistonga mahsulotlar eksporti hajmini oshirdi

    Xalqaro hamkorlik 22 Sentabr 2020 753

    Joriy yilning 1-sentabr holatiga O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 317,0 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. Bunda eksport ulushi 255,1 mln. AQSh dollari va import hajmi 61,9 mln. AQSH dollariga teng.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʻlumotlariga koʻra, sakkiz oy mobaynida Tojikistonga amalga oshirilgan eksport hajmi oʻtgan yilning mos davriga solishtirilganda 65,1 mln. AQSh dollariga koʻp.

    Maʻlumot shrnida, eksport tarkibida xizmatlar (72,1 mln.), kimyoviy vositalar va ulardan olinadigan mahsulotlar (42,9 mln.), oziq-ovqat mahsulotlari (38,9 mln.), energiya va neft mahsulotlari (28,8 mln.), qora metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar (20,4 mln.) va boshqa mahsulotlar 52 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.