O'zbekiston Tojikistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo'natdi

    Xalqaro hamkorlik 26 May 2020 874

    Unda dori-darmon, antibiotiklardan iborat tibbiy vositalar o'rin olgan.

    O'zbekiston tomonidan yuborilgan insonparvarlik yordamini Dushanbe shahri sog'liqni saqlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmasi qabul qilib oldi, deb xabar bermoqda «Aziya-Plyus» nashri.

    SHahar hokimi Rustam Imomali tegishli tuzilmalarga mazkur dori-darmonlar vositalari koronavirus bilan kasallanganlarga o'z vaqtida etib borishini nazoratga olishni buyurgan.

    Tojikistonga yuborilgan dori-darmon vositalari «Samarkand England Eco-Medical» O'zbekiston –Britaniya qo'shma korxonasida ishlab chiqarilgan.