баннер
12 Apr 2025
09:32

    Endilikda 11,25 million soʻmdan yuqori pul oʻtkazmalari qatʼiy nazoratda boʻladi

    Shu yilning 2-iyul sanasidan boshlab toʻlov tizimlari, elektron pullar tizimlari va toʻlov tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat kuchaytiriladi.

    Qayd etilishicha, bu boradagi tartiblar Markaziy bank va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan tegishli qaror ishlab chiqilgan.

    Ushbu qarorga koʻra, toʻlov tashkilotlari quyidagi hollarda mijozlarni tekshirish boʻyicha mustaqil choralar koʻrishi shart:

    • jismoniy shaxs toʻlov tashkiloti mobil ilovasi orqali akkaunt oshich uchun murojaat qilganda;
    • Elektron terminaldan (E-POS)) foydalanish uchun murojaat qilganda;
    • BHMning 500 baravariga teng (187,5 million soʻm) yoki undan oshgan summada toʻlov tashkiloti mobil ilovasida akkaunt ochmasdan yoki mobil ilovasidagi akkauntdan foydalanmasdan operatsiyalarni amalga oshirishda;
    • mijoz toʻgʻrisida avval olingan maʼlumotlar toʻgʻriligiga yoki yetarli ekanligiga nisbatan gumonlar mavjud boʻlganda.

    11,25 mln soʻmdan yuqori elektron pul oʻtkazmalarida joʻnatuvchi va oluvchi haqidagi toʻliq identifikatsion maʼlumotlar ilova qilinishi majburiy:

    • Jismoniy shaxslar uchun: pasport yoki ID-karta raqami, tugʻilgan sana va joy;
    • Yuridik shaxslar uchun: tashkilot nomi, STIR.

    Shuningdek, har bir operatsiya uchun tavakkalchilik darajasiga mos aniqlik darajasi belgilanadi va identifikatsiya maʼlumotlari alohida tartibda yuritiladi.

    Mazkur choralar pul yuvish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurollarini moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida joriy etilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech