Oʻzbekiston tumanida ikkita yirik korxona ishga tushadi

    Biznes 20 Yanvar 2022 1686

    Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida yirik tekstil korxonasi va yillik quvvati 550 ming tonna boʻlgan sement zavodi ishga tushirilyapti.

    Tumanning Bozor Yaypan MFYda “Bulut textile” MCHJ tomonidan tikuvchilik sexi, maishiy xizmat va savdo shoxobchalarini tashkil etish loyihasi amalga oshirilyapti.

    Tadbirkorning 5 million dollardan ziyod oʻz mablagʻi evaziga amalga oshirilayotgan qurilishlar yakunlangach birinchi bosqichda 130 nafardan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratilishi, shuningdek, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari xorijga eksport qilinishi koʻzda tutilgan.

    Shuningdek Kichik tagob MFY hududida “Shaffof Sement sanoat” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan sement ishlab chiqarish zavodi loyihasi qurilish ishlarining soʻngi bosqichlari davom etyapti. Ushbu loyihaning qiymati 25 million dollar boʻlib, tashabbuskor mablagʻi, bank krediti, xorijiy investitsiya hisobiga yillik 550 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Loyiha 2022-yilning 2-choragida ishga tushirilib, 310 nafar yangi ish oʻrinlari yaratiladi, deb xabar beradi Fargʻona viloyat hokimligi matbuot xizmati.