Oʻzbekiston tumanidagi Yangi Yaypan mavzesida yangi maktab ochildi

    Ta'lim 13 Yanvar 2021 3229

    Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

    Yangi maktabning qurilish ishlariga dastur asosida 5 milliard 179 million soʻm mablagʻ sarflangan.

    Ikki qavatli ushbu maktabda jami 40 ga yaqin oʻquv xona mavjud boʻlib, bundan tashqari, maʼmuriyat xonalari, axborot texnologiyalari xonasi, toʻgarak xonalari, kimyo, biologiya va fizika laboratoriyalari uchun alohida xonalar va kutubxona faoliyat yuritadi.

    Oʻquvchilarga qulaylik yaratish maqsadida tibbiyot xonasi, 120 oʻrinli faollar zali, oshxona, sport zali, gimnastika zali, futbol, basketbol va voleybol maydonlari ham tashkil etilgan.