Oʻzbekiston turizm brendining Yaponiyadagi elchisi Keysuke Minami yangi sayyohlik loyihalarini yoʻlga qoʻydi

    Turizm 30 Sentabr 2024 446

    Tokio shahrida Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev va Oʻzbekiston turizm brendining Yaponiyadagi elchisi, taniqli aktyor va teleboshlovchi Keysuke Minami oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Turizm brendi elchisi Yaponiyada Oʻzbekistonning turizm salohiyatini targʻib etish borasida olib borayotgan ishlari haqida maʼlumot berdi. Yaponiyaning yetakchi telekanali “Asahi TV”da K. Minami tayyorlagan va boshlovchilik qilgan Oʻzbekiston haqidagi hujjatli filmlar turkumi yapon tomoshabinlarida katta qiziqish uygʻotdi.

    Uchrashuv davomida K. Minamining yangi loyihalarini amalga oshirish, Oʻzbekistonni targʻib etishga qaratilgan qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish, press-turlarni tashkil etish va Yaponiya televideniyesi uchun mamlakatimizda teledasturlarni suratga olish masalalari muhokama etildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.