Unda Oʻzbekistonning turizm imkoniyatlarini keng auditoriyaga ochib beruvchi taqdimot namoyish etilyapti.
Taqdimotda Xitoy sayyohlik bozorini jalb etishda ahamiyatli boʻlgan hunarmandchilik mahsulotlarimiz, gastroturizm, tibbiy turizm, agroturizim, ekstremal togʻ turizmi, shuningdek, tarixiy qadamjolarimiz va safari turizm imkoniyatlari ham keng targʻib etilyapti, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun, soʻnggi yillarda Xitoydan mamlakatimizga kirib kelayotgan sayyohlar soni karrasiga oshib boryapti. Bu borada mamlakatimizning tarixiy shaharlaridan Xitoyning bir qator provinsiyalariga toʻgʻridan-toʻgʻri havo qatnovlarining amalga oshirilayotgani muhim oʻrin tutadi.