Oʻzbekiston turizm salohiyati Ozarbayjonliklar nigohida

    Turizm 14 Iyun 2022 4223

    Oʻzbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Davlat turizm agentligi bilan hamkorlik ikki davlat oʻrtasidagi turizm, madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ikki mamlakatning mashhur rassom va fotograflardan iborat guruhlarining ijodiy safarlari tashkil etildi.

    Tashrifning birinchi kuni Ozarbayjonlik delegatsiya aʼzolari, Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari, turizm salohiyati, madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar va kunning ikkinchi yarmida “Toshkent sanʼat haftaligi” yakuniy tadbirida ishtirok etdi. Oʻzbekistonlik yosh va havaskor rassomlarni ijodiy ishlarini tomosha qilib, ushbu sanʼat asarlarini yuqori baholadi.

    Dasturga muvofiq (dasturdan Fargʻona, Namangan, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahriga tashriflar oʻrin olgan), ijodiy jamoa Oʻzbekistonning turizm salohiyatini Ozarbayjonliklar nigohida yoritish maqsadida tarixiy shaharlarimizga yoʻl oldi, deb xabar beradi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.