O‘zbekiston turizmi salohiyati Rossiya telekanallarida namoyish etilyapti

    Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida «Pervыy kanal» telekanalining keng tomoshabinlar auditoriyasiga ega bo‘lgan «Jizn drugix» dasturining navbatdagi soni O‘zbekistonga bag‘ishlandi.

    «Jizn drugix» ijodiy guruhi mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan turli soha vakillari, jumladan, ichki ishlar organlari, sportchilar, san'atkorlar, tozalik bo‘yicha kommunal xizmatlari vakillari bilan suhbat o‘tkazdi, shuningdek, Toshkent shahrining tarixiy diqqatga sazovor joylarida tasvirga olish ishlarini olib bordi, deb xabar beradi Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati.

    Ma'lumot uchun: «Jizn drugix» teledasturining boshlovchisi Ukrainalik taniqli teleboshlovchi va rejissyor Janna Badoeva tomoshabinlarga oddiy xorijliklarning hayoti haqida ma’lumot berib boradi. Xususan, shaharning tarixiy va sayyohlik manzillari, urf-odat va an'analari, mahalliy aholining turmushi tarzi, taomlari, oila xarajatlari, ish haqi, shaharning turmush darajasi, shifoxonalar, bolalar bog‘chalari, oylik kommunal to‘lovlar va nafaqaho‘rlar hayoti to‘g‘risida roliklar tayyorlaydi.

    Shuningdek, Janna Badoeva «Oryol i reshka» sayohat dasturi boshlovchisi sifatida juda mashhur bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilari soni 3 million kishini tashkil etadi.