Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 10,2 mln AQSH dollariga kam.

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan sakkiz oy mobaynida import qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarining eng katta ulushi Xitoy (6,5 mln.), Turkiya (4,9 mln.), Rossiya Federatsiyasi (839,1 ming), Hindiston (714,0 ming) va 647,9 ming AQSH dollari bilan Germaniya hissasiga to'g'ri kelgan.

Ma'lumot o'rnida, 2019 yilda O'zbekistonda qiymati 7,2 trln. so'mga teng bo'lgan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarilgan.