Oʻzbekiston Turkiyaga gumanitar yordam yubordi

    Xalqaro hamkorlik 3 May 2021 960

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga muvofiq, joriy yil 2-may kuni Turkiya Respublikasiga koronavirus infeksiyasi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yordami yuborildi.

    Turkiyaga insonparvarlik yordamini yuborish toʻgʻrisida qabul qilingan Hukumat farmoyishiga asosan “Uzbekistan Airways” tomonidan ajratilgan yuk samolyotida Istanbul shahriga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan bir martalik respirator Ecos N 95 tibbiy niqobidan bir million dona yetkazib berildi.

    Mamlakatlarimiz koronavirus infeksiyasining shiddatli tarqalishiga qarshi kurashishda yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

    Prezidentimiz tashabbusi bilan muborak Ramazon oyida Turkiyaga shunday ogʻir kunlarda koʻrsatilgan yordam Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi qardoshlik munosabatlari yuqori darajada ekanidan dalolatdir.