Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.
Prezident tomonidan imzolangan qonunga (OʻRQ-965-son, 24.09.2024-y.) koʻra, Oʻzbekiston va Turkmaniston Mudofaa vazirliklari oʻrtasida mudofaa sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim (Ashxobod, 2023-yil 4-oktyabr va Toshkent, 2023-yil 30-oktyabr) ratifikatsiya qilindi.
Shuningdek, prezident tomonidan imzolangan qonunga (OʻRQ-966-son, 24.09.2024-y.) koʻra, Oʻzbekiston va Turkiya Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida mudofaa sanoati sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim (Toshkent, 2021-yil 2-mart va Anqara, 2021-yil 23-mart) ratifikatsiya qilindi.