Murabbiy Islombek Ismoilov shogirdlari bahsni faol boshladi va 19-daqiqada Abubakir Shukurullayev kiritgan gol orqali hisobni ochdi. Biroq, ordan koʻp oʻtmay, 32-daqiqada Gredi Makdonnell hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi boʻlimda tomonlar bir qator xavfli vaziyatlar yaratdi. 75-daqiqada Maykl Nonan irlandiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi — 2:1. Shu tariqa, bahs Irlandiya foydasiga yakunlandi.
Gollar: Shukurullayev (19ʼ), Makdonnell (32ʼ), Nonan (75ʼ)
Bosh hakam — Merife Abdu (Kamerun).
Yordamchi hakamlar — Roble Eleye, Doe Joel (Jibuti).
Zaxira hakami — Hamza Al-Foriq (Marokash).
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi ilk turda Paragvayni 2:1 hisobida magʻlub etgan edi. Endilikda jamoamiz 3-turda Panama terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.








