Oʻzbekiston U-20 Osiyo kubogini gʻalaba bilan boshladi

    Kecha U-20 Osiyo kubogining “A” guruhidan oʻrin olgan Oʻzbekiston — Suriya uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Toshkentda boshlangan U 20 Osiyo chempionatining ilk turida futbolchilarimiz Suriyani 2:0 hisobida magʻlub etdi. 14 raqam ostida harakatlanayotgan yosh isteʼdod – Abbosbek Fayzullayev birinchi boʻlimning 37-daqiqasida jarimadan hisobni ochgan boʻlsa, ikkinchi boʻlimning 68-daqiqasida jamoamiz vakillari burchakdan uzatib bergan toʻpni Suriya vakili Zakariya oʻz darvozasiga joylab qoʻydi. shu tariqa jamoamiz suriyalik raqiblaridan ustun kelishdi.

    Oʻzbekiston U-20 - Suriya U-20 2:0

    1-mart 2023-yil. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 19:00

    Gol:1:0 — 37, Fayzullayev, 2:0 — 68, Zakariya (avtogol)

    Oʻzbekiston U-20: 21. Otabek Boymurodov, 3. Abduqodir Husanov, 6. Jahongir Oʻrozov, 7. Poʻlatxoʻja Xoldorxonov, 8. Behruzbek Asqarov, 10. Umarali Rahmonaliyev (k), 13. Zafarmurod Abdirahmatov, 14. Abbosbek Fayzullayev, 15. Diyorbek Ortiqboyev, 17. Nodirbek Abdurazzoqov, 20. Mahmudjon Mahamadjanov.

    Zaxira: 1. Edem Nemanov, 12. Asrorbek Kenjayev, 2. Izzatullo Poʻlatov, 4. Abubakr Ashurov, 5. Javohir Oʻtamurodov, 9. Shahzodjon Neʼmatjonov, 11. Shahriyor Jabborov, 16. Shahzodbek Rahmatullayev, 18. Saidafzalxon Ahrorov, 19. Shahzod Akramov, 22. Sherzod Esanov, 23. Asadbek Joʻraboyev.

    Suriya U-20: 1. Maksim Sarraf, 3. Xolid Alhejjeh, 5. Amir Alfayad, 6. Malik Janir, 7. Hasan Ravan Osman, 8. Mahmud Nayef, 9. Zakariya Al Ramadan, 10. Mahmud Alasvad, 12. Mahmud Manna, 14. Almekdad Ahmad, 15. Muhammad Otman.

    Zaxira: 22. Muhammad Hassuni, 23.Ali Holou, 2. Ammar Alma, 11. Elias Safar, 13. Annas Al-Hardan, 16. Abdallah Zakrit, 17.Mustafo Hamo, 18. Hasan Dahhan, 19. Muhannad Fadel, 20. Mustafo Abdullatif, 21. Muhammad Asaad.