Oʻzbekiston U20 Osiyo kubogining saralash bahslaridagi raqibi aniq boʻldi

    Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2025-yil boʻlib oʻtadigan U20 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qurʼa tashlandi.

    Unga koʻra, Oʻzbekiston U20 terma jamoasi “B” guruhidan joy olib, Xitoy Taypeyi mezbonlik qiladigan saralash guruhida Bahrayn, Kambodja va Nepal kabi jamoalar bilan raqobatlashadigan boʻldi. Guruh bahslari 21-29-sentabr kunlari oʻtkaziladi.

    Unda 10 ta guruh gʻolibi va guruhlarda ikkinchi oʻrinni egallagan 5 ta jamoa 2025-yil 6-23-fevral kunlari Xitoyda oʻtadigan Osiyo kubogi final bosqichida ishtirok etish huquqiga ega boʻladi,

    Quyida saralash guruhlaridan oʻrin olgan terma jamoalar bilan tanishasiz:

    “A” guruhi: Vyetnam, Suriya, Bangladesh, Butan, Guam;

    “B” guruhi: Oʻzbekiston, Bahrayn, Xitoy Taypeyi, Kambodja, Nepal;

    “C” guruhi: Koreya Respublikasi, Livan, BAA, Quvayt, Shimoliy Mariana orollari;

    “D” guruhi: Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Falastin, Afgʻoniston, Makao;

    “E” guruhi: Tojikiston, Oʻmon, Malayziya, Shri-Lanka, KXDR;

    “F” guruhi: Indoneziya, Yaman, Timor Leste, Maldiv orollari

    “G” guruhi: Eron, Moʻgʻuliston, Hindiston, Laos;

    “H” guruhi: Iroq, Tailand, Filippin, Bruney;

    “I” guruhi: Yaponiya, Qirgʻiz Respublikasi, Myanma, Turkmaniston;

    “J” guruhi: Iordaniya, Qatar, Singapur, Hongkong.

    Maʼlumot oʻrnida: Oʻzbekiston birinchi turda Kambodja bilan raqobatlashsa, Nepalga qarshi oʻtadi. 3-tur esa mezbon Xitoy Taypeyiga qarshi oʻtsa, 4-tur Bahraynga qarshi maydonga tushadi.