2025-yil 21-23-yanvar kunlari Toshkent shahrida Afgʻoniston Jamoat ishlar vazirining temir yoʻl masalalari boʻyicha oʻrinbosari M.I. Sohibzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan samarali uchrashuvlar tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri I.Mahkamov boshchiligida oʻtkazilgan uchrashuvda afgʻon tomoni bilan transafgʻon temir yoʻl qurilish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi va tomonlar kelgusi ishlarni tashkil etish boʻyicha kelishib oldilar.
Shu bilan birga, ikki davlat temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasida faol hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida “Hayraton – Mozori-Sharif” temir yoʻlidan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomani uzaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Bunda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Sogdiana trans” MCHJ “Hayraton – Mozori-Sharif” temir yoʻliga xizmat koʻrsatuvchi operator sifatida saqlanib qoladi.