Qarorga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Afgʻoniston oʻrtasida imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Iqtisodiyot va moliya Vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar etib belgilandi.

Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida afgʻon tomoniga tegishli bildirishnoma yuboradi.