Uchrashuvlarda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Sogdiana trans” SHK tomonidan Hayraton temir yoʻl stansiyasining tajribasidan kelib chiqib, texnik-xizmat ishlariga Afgʻoniston tomonini bosqichma bosqich jalb qilish boʻyicha harakatlar rejasi kelishib olindi.
Shu bilan birga, xalqaro yuk tashuvlarni amalga oshirish “Sogdiana trans” SHK tomonidan davom etishi toʻgʻrisida kelishildi. Uchrashuvlar yakuni boʻyicha ikki mamlakat temir yoʻl maʼmuriyati rahbarlari oʻrtasida uchrashuv bayoni imzolandi.