баннер
22 Apr 2025
19:38

    O‘zbekiston va Afg‘onistonning savdo vazirlari Termizda uchrashdi

    Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmini 3 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

    Joriy yilning 1 mart kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Surxondaryo viloyatidagi "Termiz" xalqaro savdo markaziga tashrif buyurgan Afg‘oniston Savdo vaziri Nuruddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, konstruktiv fikr almashish chog‘ida ikki tomonlama O‘zbekiston-Afg‘oniston savdo-iqtisodiy munosabatlarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Suhbat davomida o‘zaro savdo hajmini 3 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

    Savdo bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat va tog‘-kon sanoati sohalarida ham o‘zaro manfaatli hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar ko‘rib chiqildi.

    Tashrif doirasida har ikki tomondan 60 ga yaqin tadbirkorlar ishtirokida B2B muzokaralari tashkil etilib, unda ishbilarmon doiralar vakillari yangi aloqalarni o‘rnatish, yangi qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech