Oʻzbekiston va AQSH hukumatlari oʻrtasida madaniy meros sohasi boʻyicha bitim imzolandi

    Madaniyat 8 Noyabr 2023 1153

    2023-yil 7-noyabrda Temuriylar tarixi davlat muzeyida Oʻzbekiston va AQSH hukumatlari oʻrtasida “Oʻzbekistonning arxeologik va etnologik materiallari toifalarida import cheklovlarini joriy etish toʻgʻrisidagi Bitim”ning imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

    IkkitomonlamabitimniMadaniymerosagentligidirektoriBahodirAbdikarimovvaAQSHningOʻzbekistondagiFavquloddavamuxtorelchisiJonatanHenikimzoladi, debxabarberadiMadaniymerosagentligimatbuotxizmati.

    “Ushbu kelishuv Oʻzbekiston Respublikasi va AQSH oʻrtasida muzey ashyolari va madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishining oldini olish va qaytarish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi” — dedi Agentlik direktori oʻz nutqida.

    Bitim “Arxeologik va etnologik materiallarni talon-taroj qilishni oldini olish va maxsus roʻyxatga kiritilgan obyektlarni olib kirishga cheklovlar”ni belgilaydi. Shuningdek, ushbu yoʻnalishda mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish taʼminlaydi hamda ikki mamlakat oʻrtasida moddiy madaniy merosni targʻib qilishga qaratilgan qoʻshma koʻrgazmalar oʻtkazishga zamin yaratadi.

    “Bugun tarixiy kun, chunki Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda AQSH bilan madaniy boyliklar toʻgʻrisidagi bitimni imzolagan birinchi davlat boʻldi. Oʻzbekistondan tashqari, dunyoning yana 25 ta mamlakati AQSH bilan shu kabi shartnomalar tuzgan. Madaniy meros, sanʼat va sanʼat asarlarini muhofaza qilish oson ish emas. Shuning uchun ham ushbu kelishuv bugungi kunda juda muhim qadamdir. Oʻzbekistondagi madaniy meros obyektlarini himoya qilish va qayta tiklash uchun AQSH hukumati 1 million dollar ajratdi. Biz Oʻzbekistondagi madaniy merosni himoya qilish va uning boy tarixini dunyoga namoyish etish borasidagi saʼy-harakatlaringizga hamkorlik qilish istagidamiz” —deya qayd etdi Jonatan Henik.