O'zbekiston va AQSHning etakchi universitetlari o'zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo'nalishlarini belgilab oldi

    Mamlakatimiz elchisi Javlon Vahobov, AQSH elchisi Daniel` Rozenblyum, O'zbekiston oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, ikki davlat universitetlari vakillari ishtirokida onlayn “davra suhbati” o'tkazildi.

    O'zbekiston elchixonasidan olingan ma'lumotga ko'ra, tadbirda AQShning Viskonsin universiteti, Delaver universiteti, Missuri universiteti, Men universiteti, Stivens texnologiya instituti va boshqa etakchi oliy ta'lim muassasalari vakillari mamlakatimizdagi sheriklari bilan istiqboldagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari bo'yicha fikr almashdi.

    Amerika universitetlari o'zlarining onlayn va oflayn shakllarda ta'lim olish imkoniyatlarini taqdim etdi, ta'lim jarayonining asosiy yo'nalishlari bilan tanishtirdi. SHuningdek, o'zaro hamkorlikni rivojlantirish mexanizmlari taklif qilindi.

    O'z navbatida, O'zbekiston Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Yoqubjon ergashev tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizda ta'lim sohasini isloh qilish bo'yicha ko'rilayotgan tizimli chora-tadbirlar to'g'risida ma'lumot berdi. Xususan, so'nggi 3 yil davomida 50 ta yangi universitet tashkil etilgani, bu bilan ularning umumiy soni 132 taga etkazilgani ta'kidlandi. SHu bilan birga, universitetlarning 29 tasi chet el ta'lim muassasalarining filiallari ekani ma'lum qilindi. O'zbekiston etakchi xorijiy, jumladan, AQSh oliy o'quv yurtlari filiallarini ko'paytirishdan manfaatdor ekani ta'kidlandi.

    Tadbirda O'zbekistonda o'z filiallarini ochayotgan universitetlarga hukumat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar va qo'llab-quvvatlash choralari to'g'risida batafsil so'zlab berildi. Xususan, xorijiy universitetlar soliqlardan va majburiy badallardan ozod bo'lish shaklidagi maxsus soliq imtiyozlaridan foydalanmoqda. Shu bilan birga, O'zbekiston birinchi navbatda muhandislik, mashinasozlik, qishloq xo'jaligi, qurilish va energetika sohalarida mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o'quv yurtlarini qo'llab-quvvatlamoqda.

    AQSh elchisi Daniel` Rozenblyum o'zgarishlar jarayoni muvaffaqiyatini ta'kidlar ekan, “O'zbekiston hukumati ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning deyarli barcha sohalarini qamrab olgan keng ko'lamli islohotlar dasturini amalga oshirmoqda», dedi. Bundan tashqari, uning so'zlariga ko'ra, O'zbekiston sifatli ta'limning muhimligini yorqin kelajakka erishishning asosiy omili sifatida tushunadi. Diplomatning ta'kidlashicha, AQSh ushbu islohotlarni hamda respublikaning turli qo'shma dasturlar orqali ingliz tilini o'rganish darajasini oshirish rejalarini qat'iy qo'llab-quvvatlaydi.

    Muzokaralar chog'ida O'zbekiston va AQSh universitetlari o'rtasida yaqin hamkorlik o'rnatish, shu jumladan, qo'shma ta'lim dasturlarini shakllantirish bo'yicha aniq takliflar muhokama qilindi. Tadbir tomonlarga yaqin aloqalarni o'rnatish uchun aniq nuqtalarni aniqlashga imkon yaratdi.