Loyihaga ko'ra, O'zbekiston madaniy merosiga bag'ishlangan davriy ko'rgazmani Abu Dabi Luvr muzeyida tashkil etish, muzeylar xodimlari o'rtasida o'zaro tajriba almashuvni yo'lga qo'yish hamda madaniy meros yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarning muzeylar faoliyati bilan tanishuvi asosida malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.
O'z navbatida, Amirliklar tomoni o'zaro tashkil etilayotgan madaniy tadbirlar va ilmiy anjumanlarda ishtirok etish yo'nalishini qo'shimcha ravishda loyihaga kiritish taklifini bildirdi.
Uchrashuv yakunida kutilayotgan oliy darajadagi tashriflarni inobatga olgan holda tomonlar loyihaga kelishilgan qo'shimcha va o'zgartishlarni kiritish hamda huquqiy rasmiylashtirishga kelishib oldilar.