“Oʻzbekiston butun dunyo boʻylab hamkorlari sonini kengaytirishga intilmoqda, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram-kanalida. – Bugun Bagama Orollari Hamdoʻstligi bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdik. Hamkasbim, Bagama Orollari Hamdoʻstligi tashqi ishlar vaziri Frederik A.Mitchel janoblari bilan mamlakatlarimiz orasidagi masofa uzoq boʻlishiga qaramay samarali aloqalarni oʻrnatish uchun koʻplab muhim imkoniyatlar mavjudligini taʼkidladik”.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida Oʻzbekiston va Togo tashqi ishlar vazirlari diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisidagi qoʻshma kommyunikeni imzolagan edilar, deb xabar beradi “Dunyo” AA.