O'zbekiston va Belarus` ijodkorlari ikkita harbiy fil`m suratga oladi

    O'zbekiston Kinematografiya agentligi va «Belarusfil`m» kinostudiyasi o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi bitim imzolanib, shartnoma doirasida harbiy yo'nalishdagi ikkita – "Osiyo arsloni" («Aziatskiy lev») va «Uzbechka» fil`mlari suratga olinadi.

    Belarus` poytaxti – Minsk shahrida XXVII «Listapad» xalqaro kinofestivali bo'lib o'tmoqda, unda O'zbekiston delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda.

    Kinofestival` doirasida Belarus` va O'zbekiston o'rtasida kinematografiya sohasidagi hamkorlik dasturining taqdimoti uchun alohida kun ajratildi. Uchrashuvda har ikki mamlakat kinoijodkorlari ishtirok etdi. O'zbekiston Kinematografiya agentligi va «Belarusfil`m» milliy kinostudiyasi o'rtasida hamkorlik to'g'risida bitim imzolandi.