Unda Oʻzbekiston va BMT hamkorligida amalga oshirilayotgan samarali loyihalar va istiqboldagi rejalar, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, inson huquqlarini taʼminlash, gender tenglikka oid masalalar muhokama etildi.
Oʻz navbatida, S.Maxl soʻnggi yillarda Oʻzbekistondagi islohotlarni, jumladan, ochiqlik siyosati tufayli yuqori natijalar qayd etilayotganini, bu esa boshqa mamlakatlarga namuna boʻlayotganini alohida eʼtirof etdi.
Shuningdek, muloqot davomida “Gender zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” doirasidagi ishlarni birgalikda amalga oshirish, mahalliy Kengashlarning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish takliflari ham ilgari surildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.