13-oktyabrdan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi Hukumatlari oʻrtasidagi ishbilarmon va ilmiy doiralar vakillari hamda sayyohlik guruhlar uchun viza jarayonlarini soddalashtirish toʻgʻrisidagi Bitim kuchga kirdi.
Ushbu Bitim Eron Islom Respublikasi Prezidentining 14-16-sentyabr kunlari Oʻzbekistonga (Samarqand shahri) buyurgan rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.
TIV Shartnoma-huquq departamenti maʼlumotiga koʻra, mazkur hujjat 11 moddadan iborat boʻlib, uning kuchga kirishi ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, turizm, fan va ilmiy faoliyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Hujjatda ikki davlat oʻrtasida bevosita sayyohlar almashuvini tashkil qilish, ishbilarmonlik va ilmiy sohadagi qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirish boʻyicha mushtarak kelishuv oʻz aksini topgan.
Mazkur hukumatlararo Bitimni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi masʼul etib belgilangan.